09:02 / 20.07.2018
3 416

Isroil Madrimov: «Osiyo o‘yinlarida delegatsiyamiz bayroqdori bo‘lish men uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi»

Isroil Madrimov: «Osiyo o‘yinlarida delegatsiyamiz bayroqdori bo‘lish men uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi»
Xabaringiz bor, Milliy olimpiya qo‘mitasi boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Isroil Madrimovni Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan XVIII Osiyo o‘yinlarida delegatsiyamiz bayroqdori sifatida e’lon qildi.

-75kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qiladigan Isroil ushbu yangilik o‘zi uchun kutilmagan hushxabar bo‘lgani haqida gapirib o‘tdi.

«Bu haqda murabbiyim internet orqali ushbu xabar havolasini yuborganidan so‘ng bildim. Men uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi. Judayam xursandman. Bu men uchun katta sharaf. Albatta, har bir professional sportchi qatorida men ham mamlakatim bayroqdori bo‘lishni orzu qilardim, ammo kutmagandim. Chunki, bizda iste’dodli sportchilar yetarli. O‘zimga bildirilayotgan ishonchni oqlashga harakat qilaman. Qattiq tayyorgarlik ko‘rib, Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘laman», – dedi Isroil Madrimov Milliy olimpiya qo‘mitasi Matbuot va media departamentiga bergan intervyusida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Isroil Madrimov: «Osiyo o‘yinlarida delegatsiyamiz bayroqdori bo‘lish men uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi»