08:30 / 21.07.2018
4 266

O‘zbekiston chempionatida yana bir liga paydo bo‘ladi

O‘zbekiston chempionatida yana bir liga paydo bo‘ladi
O‘zbekiston Professional futbol ligasi kelasi mavsumda milliy birinchilikda yana bir liga tashkil etishni rejalashtirmoqda.

Ayni vaqtda yurtimizda futbol bo‘yicha Superliga, Pro-liga va ikkinchi liga bahslari o‘tkazilmoqda. Ikkinchi liga bahslari viloyat birinchiliklari hisoblanadi. Shu bilan birga Pro-liganing o‘zida “A” va “V” guruhlari mavjud.

Uff.Uz'ga ma’lum bo‘lishicha, kelasi mavsumda Pro-ligada faqat “A” guruhi vakillari qoladi. “V” guruhi o‘rnida esa Ikkinchi liga tashkil etiladi. Viloyat birinchiliklari esa Uchinchi liga sifatida yuritiladi.

PFL shu tariqa Pro-liga saviyasini oshirib, Superliga klublari bilan raqobatlasha oladigan muhit tashkil etmoqchi.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston chempionatida yana bir liga paydo bo‘ladi