11:03 / 23.07.2018
5 557

O‘zbekiston terma jamoasini boshqaradigan murabbiy ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston terma jamoasini boshqaradigan murabbiy ma’lum bo‘ldi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasini argentinalik Ektor Kuper boshqarib boradi. Bu haqda "Xalq so‘zi Online" vaziyatdan xabardor manbalarga asosan ma’lum qildi.

Qayd qilinishicha, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi argentinalik mutaxassis bilan kelishuvga erishgan. Yaqin soatlar ichida mazkur bitim borasida rasmiy xabar berilishi kutilmoqda.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, bungacha portugaliyalik Karlush Keyrush va xorvatiyalik Zlatko Dalich nomzodlari bilan ham muzokaralar olib borgan. Biroq ular bilan kelishuvga erishilmagan. Ektor Kuper va O‘FAning o‘zaro manfaatlari bir-biriga mos kelgani aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Ektor Kuperning so‘nggi jamoasi Misr termasi edi. 2015 yilda jamoaga tayinlangan 62 yoshli mutaxassis misrliklar bilan JCh-2018dagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng iste’foga chiqarilgandi.

Bunga qadar, argentinalik murabbiy Argentinaning «Urakan», «Lanus», Ispaniyaning «Malorka», «Valensiya», «Real Betis», «Rasing», Italiyaning «Inter», «Parma», Turkiyaning «O‘rduspor», Gretsiyaning «Aris», BAAning «Al-Vasl» klublarida, Gruziya (2008-2009) terma jamoasida faoliyat olib borgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston terma jamoasini boshqaradigan murabbiy ma’lum bo‘ldi