11:30 / 23.07.2018
3 942

Dalich takliflar haqida: "Men dunyoning ikkinchi murabbiyiman. 5 mln. dollarlik maosh kam"

Далич таклифлар ҳақида: "Мен дунёнинг иккинчи мураббийиман. 5 млн. долларлик маош кам"
Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich milliy jamoadagi ishiga izoh berdi. Bilasizki, Xorvatlar JCh-2018 finaliga yetib borishdi va hal qiluvchi bahsda Fransiyaga 2:4 hisobida mag‘lub bo‘lishdi.

"Xorvatiya terma jamoasi futbolchilariga ularni futbol o‘ynashga o‘rgatadigan inson kerak emas edi. Ularga ishonch beradigan, taktikani tushuntiradigan, vaqt ajrata oladigan odam shart bo‘lgan. Futbolchilar meni katta natijaga erisha oladigan murabbiy sifatida qabul qilishdi.

Luka Modrich klub bilan hamma narsaga erishdi, ammo terma jamoa bilan hech narsaga. Men ularga ishonishimni, qadamba-qadam muvaffaqiyatga erishishimizni aytdim. Ular menga tezda ishonishmagandir, ammo Nigeriya bilan bahsda hammasi o‘zgardi.

Shartnoma bo‘yicha yana 2 yil ishlashim kerak va men bu muddat jamoada qolishim mumkin edi, ammo AQShdagi bahorgi turdan so‘ng ketishimni aytganman. Hayotida bir-ikki marta to‘p tepgan odamlar taqdirimni hal qilishlarini istamayman. Erkinman va men bilan o‘ynashishlariga yo‘l qo‘ymayman.

Osiyo klublari yiliga 5 mln. dollar taklif qilishyapti? Bu sizga yoqadimi yoki yo‘q, ammo men jahonning ikkinchi raqamli murabbiyiman. Bunday murabbiy uchun 5 mln. dollar kam. Pul hammaga kerak, ammo bu hayotimdagi asosiy motivatsiya emas" - deydi Dalich.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dalich takliflar haqida: "Men dunyoning ikkinchi murabbiyiman. 5 mln. dollarlik maosh kam"