11:58 / 23.07.2018
3 589

O‘zil Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

O‘zil Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi
Londonning “Arsenal” klubi yarim himoyachisi Mesut O‘zil Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagani haqida e’lon qildi.

“Ko‘p mulohazalardan so‘ng irqchilik va o‘zimga nisbatan hurmatsizlikni his qildim. Shundan so‘ng Germaniya terma jamoasida boshqa o‘ynamaslikka qaror qildim. Men ushbu jamoa libosini ulkan g‘urur va zavq bilan egnimga kiygan edim, afsuski bu tarixda qoldi. Bu qarorni qabul qilish men uchun juda og‘ir bo‘ldi, chunki men hamisha jamoadoshlarim, murabbiylarim va butun Germaniya xalqi uchun borimni berib harakat qilganman”, - deydi O‘zil.

Ma’lumot uchun, O‘zil Germaniya terma jamoasi safida 2009 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida Bundestim safida jami 90ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 23ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zil Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi