10:55 / 24.07.2018
3 373

Shota Arveladze: "Shunday issiqda 90 daqiqa o‘ynagan futbolchilarimga rahmat aytaman"

Шота Арвеладзе: "Шундай иссиқда 90 дақиқа ўйнаган футболчиларимга раҳмат айтаман"
Xabaringiz bor bundan biroz avval Toshkentda Superliganing 18-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” hamda “Metallurg” klublari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.

Gollarga boy kechgan qiziqarli o‘yinda Tiago Bezerra (24') va Ismoil Gonsalveshlarning (88', 90+3') kiritgan gollari “sherlar”ga 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani taqdim etdi.

Uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida "Paxtakor" ustozi Shota Arveladze o‘zining o‘yin hakidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Juda ham tig‘iz taqvim va havoning issiqligi tufayli ayni paytda futbolchilarga juda qiyin. Biz qanchalik tayyorgarlik ko‘rmaylik, baribir yozning chillasida futbol o‘ynash oson emas. Umid qilamizki, tez orada havo harorati tushadi. O‘yinda yaxshi harakat qildik, ammo kamchiliklar hamon bor. Hujumlarni yakunlashda, so‘nggi pas va yakuniy zarbani berishda oqsayapmiz. Natijadan ko‘nglim to‘ldi. Shunday issiq havoda 90 daqiqa yaxshi o‘ynagan futbolchilarimga rahmat aytaman. Hech kim maydonda havo harorati sabab yotib qolmadi. Ismoil Gonsalvesh o‘yinga yaxshi kirishib ketdi. U qanotda to‘p tepuvchi bo‘lib ham o‘ynay olishini ko‘rsatdi. Raqib ham jiddiy qarshilik ko‘rsatishga urindi. Biz xatolarimizni tuzatish ustida o‘ylashda davom etamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze: "Shunday issiqda 90 daqiqa o‘ynagan futbolchilarimga rahmat aytaman"