Superliganing 18-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” - “Navbahor” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 32-daqiqada Mirzohid G‘ofurov - Sherzod Karimov - Azizbek Turg‘unboyev kombinatsiyasini Ro‘zimboy Ahmedov gol bilan yakunladi - 0:1.
O‘yinning 38-daqiqasida Dilshod Ahmadaliyev jarima maydoni tashqarisida to‘pni egallab kuchli zarba bilan hisobni tenglashtirdi - 1:1.
57-daqiqada Javlon Ibrohimovning to‘p uzatishidan keyin Filip Rayevats birga bir vaziyatga chiqib bordi va to‘pni Akbar To‘rayevning ustidan oshirib darvozaga yo‘llab qo‘ydi - 2:1.
18-tur
24 iyul, seshanba
“Bunyodkor” - “Navbahor” 2:1
Gollar: Ro‘zimboy Ahmedov 32, - 0:1 (Azizbek Turg‘unboyev). Dilshod Ahmadaliyev 38, - 1:1. Filip Rayevats 57, - 2:1 (Javlon Ibrohimov)
“Bunyodkor”: 32. Suhrobjon Sultonov, 2.Rustamjon Ashurmatov, 4.Akramjon Komilov, 6.Anvar G‘ofurov (5.Dilshod Jo‘rayev, 41), 7.Dilshodbek Ahmadaliyev (20.Mirg‘iyos Sulaymonov, 61), 8.Javlon Ibrohimov, 11.Murodjon Toshmatov, 18. Sardor Sobirxo‘jayev, 30.Xurshid G‘iyosov, 44. Mirjamol Qosimov (77.Azizbek Haydarov, 72), 99. Filip Rayevats.
Zahira: 25.Murodjon Zuhurov, 9.Shahzodbek Nurmatov, 10.Abdulla Abdullayev, 14.Mirjahon Mirahmadov, 15.Farrux Ikramov.
“Navbahor”: 45.Akbar To‘rayev, 6.Oston O‘runov, 7.Sherzodbek Karimov (14.Ilhom Boydedayev, 80), 10.Azizbek Turg‘unboyev, 17.Sardor Sulaymonov, 19.Mirzohid G‘ofurov, 21.A’zamjon Aliyev, 22.Ro‘zimboy Ahmedov (30.Darko Nikach, 62), 24.Davronbek Hoshimov, 32.Jahongir Mehmonov, 44. Darko Stanoyevich.
Zahira: 1.Botirali Ergashev, 5.Igor Golban, 8.Ayubxon Nomonov, 9.Dilshod Jabborov, 15.Azamat Allaniyozov, 33.Tomislav Payovich, 99.Sarvar Soliyev.
Ogohlantirish: Sardor Sobirxo‘jayev 73.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi