11:58 / 25.07.2018
3 546

Hamidjon Aktamov: “Oltilikka kirish, bilmadim, folbin emasman”

Hamidjon Aktamov: “Oltilikka kirish, bilmadim, folbin emasman”
Superliganing 18-turidan o‘rin olgan “Neftchi” - “Qizilqum” uchrashuvi (0:1)dan keyingi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda dastlab mehmonlar ustozi Hamidjon Aktamov savollarga javob qaytardi.

- Mehmondagi g‘alaba hamisha yoqimli bo‘lgan, - deya so‘z boshladi “Qizilqum” bosh murabbiyi. - Farg‘onaga g‘alaba uchun kelgandik va yakunda o‘z maqsadimizga erishdik. O‘yin biz uchun qiyin o‘tdi, deya olmayman. Golga tortadigan yetarlicha vaziyatlarni yuzaga keltira oldik. Ularning faqat bittasidangina unumli foydalandik. Muhimi, uch ochkoni qo‘lga kiritdik.

O‘ylaymanki, “qora chiziq”dan chiqib ketdik va bundan buyon natijalarimiz ijobiy ko‘rinishda bo‘ladi. O‘z navbatida bizni qo‘llab-quvvatlab turgan va atayin Farg‘onaga yetib kelgan muxlislarga alohida minnatdorchilik bildiraman. Bugungi g‘alabada ularning ham xissasi katta bo‘ldi.

“Neftchi” haqida ham iliq fikrlarni aytishim kerak. Faqat ularga xuddi bizda bo‘lgani kabi ozgina vaqt kerak. Jamoa tarkibida yosh futbolchilar ko‘p. Yodingizda bo‘lsa biz ham shunday holatga tushib qolgandik.

“Qizilqum” kuchli oltikka kira oladimi? Bilmadim, folbin emas va oldindan bashorat qila olmayman. Jamoamiz shunga intiladi. Buni sizga aniq ayta olaman.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hamidjon Aktamov: “Oltilikka kirish, bilmadim, folbin emasman”