Otabek G‘ulomxo‘jayev O‘zbekiston U-17 terma jamoasiga bosh murabbiy qilib tayinlandi, deb xabar beradi O‘FA. Uning boshqaruvida yoshlar yil oxiriga qadar o‘tkaziladigan xalqaro turnirlarda ishtirok etadi.
O‘zbekiston U-17 termasi kelasi yil U-18 termasi sifatida yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining saralash turnirida ishtirok etadi. Ularni 2020 yil U-19 Osiyo chempionatining final bosqichi, 2021 yilda esa yoshlar o‘rtasidagi U-20 jahon chempionati kutib turibdi.
Ayni vaqtda O‘FA Yevropaning bir qator davlatlaridan U-18 jamoalari o‘rtasidagi xalqaro turnirlarga taklifnoma olgan. Yil so‘nggiga qadar Otabek G‘ulomxo‘jayev jamoasi kamida 1ta xalqaro turnirda ishtirok etadi. Shuningdek, unga yosh futbolchilarni saralab olish uchun Toshkentda yig‘inlar tashkil etib beriladi. Futbolchilarni kuzatishi uchun sharoit yaratiladi.
Otabek G‘ulomxo‘jayev hozirga qadar 150dan ziyod iqtidorli futbolchilar ro‘yxatini hamda yil yakuniga qadar bo‘lgan ish rejasini O‘FAga taqdim etgan.
Bolalar va o‘smirlar futbolida muvaffaqiyatli ishlab kelayotgani hamda o‘sishda davom etayotgani uchun ham O‘FA rahbariyati G‘ulomxo‘jayevga imkoniyat berishga qaror qildi. Bu mutaxassis 2001 va 2002 yillarda tavallud topgan o‘zbekistonlik futbolchilar haqida yetarlicha ma’lumotga ega. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi