16:40 / 26.07.2018
4 183

Ektor Kuper terma jamoamizga keladigan 22-mutaxassis

Ektor Kuper terma jamoamizga keladigan 22-mutaxassis
Yevropaning 20 asrdagi oxirgi eng yaxshi murabbiyi deb topilgan Ektor Kuper O‘zbekiston terma jamoasining umumiy hisobdagi 22-murabbiyi bo‘ladi.
Ektor Kuperga qadar O‘zbekiston terma jamoasida 21 murabbiy ishlagan.

O‘zbekiston terma jamoasini boshqargan murabbiylar ro‘yxati:

1. Rustam Akramov (1992-1994)
2. Aleksandr Ivankov (1995)
3. Bahodir Ibrohimov (1996)
4. Rustam Mirsodiqov (1997)
5. Ubirajara da Silva (Braziliya) (1997-1998)
6. Mahmud Rahimov (1999)
7. Viktor Borisov (2000)
8. Pavel Sadirin (Rossiya) (2000)
9. Yuriy Sarkisyan (2000)
10. Vladimir Salkov (Rossiya) (2001)
11. Leonid Ostroushko (Qozog‘iston) (2001)
12. Ravshan Haydarov (2002-2004, 2005)
13. Yurgen Gyode (Germaniya) (2005)
14. Robert Xougton (Angliya) (2005)
15. Valeriy Nepomnyashiy (Rossiya) (2006)
16. Rauf Inileyev (2007-2008)
17. Mirjalol Qosimov (2008-2010, 2012-2015)
18. Vadim Abramov (2010-2012)
19. Samvel Babayan (2015-2017)
20. Ro‘ziqul Berdiyev (2017 vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi)
21. Temur Kapadze (2018 vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi)
22. Ektor Kuper (Argentina) 2018-...

Ektor Kuper O‘zbekiston terma jamoasida ishlaydigan umumiy hisobdagi yigirma ikkinchi, xorijlik sakkizinchi va janubiy amerikalik ikkinchi mutaxassis bo‘ladi. Bunga qadar 7 nafar xorijlik murabbiylar terma jamoamizda ishlashgan. Ektor Kuper terma jamoamizga keladigan "kuchli-beshlik" yoki yevropaning nufuzli turnirlarida sovrindor bo‘lgan ilk nomdor mutaxassis sanaladi.

UYeFA talqini bo‘yicha Ektor Kuper 2000 yil Yevropaning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan.


Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ektor Kuper terma jamoamizga keladigan 22-mutaxassis