23:15 / 28.07.2018
2 849

Baxtiyor Ashurmatov: "Biz murabbiylar MTJga munosib futbolchilar tarbiyalib berishimiz kerak"

Бахтиёр Ашурматов: "Биз мураббийлар МТЖга муносиб футболчилар тарбиялиб беришимиз керак"
AGMK klubining bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov O‘zbekiston milliy terma jamoasiga kelishi kutilayotgan xorijiy mutaxassis Ektor Kuper haqida fikr bildirib o‘tdi.

«Futbol assotsiatsiyasi tomonidan O‘zbekiston futbolini rivojlantirish uchun ulkan ishlar olib borilmoqda. O‘zbekiston milliy terma jamoasiga xorijiy murabbiy olib kelish bu yangi bosqichga qadam qo‘yish deb qarash mumkin. Ushbu hodisani to‘g‘risini aytsam ko‘pchilik muxlislar ham orziqib kutishmoqda. Ektor Kuperning kelishi menimcha 90 % ga aniq bo‘ldi.

Ektor Kuper juda ham tajribali murabbiy. Umid qilamanki, u bizga yangi taktika, yangi o‘yin uslubini olib keladi. Biz murabbiylar undan o‘zimiz uchun kerakli bo‘lgan narsalarni o‘rganishimiz lozim. Bu vaziyatni albatta ijobiy baxolayman. Biz murabbiylar terma jamoaga munosib futbolchilarni tarbiyalab berishimiz kerak», - deydi Ashurmatov.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Baxtiyor Ashurmatov: "Biz murabbiylar MTJga munosib futbolchilar tarbiyalib berishimiz kerak"