10:28 / 29.07.2018
3 407

Yurgen Klopp: "Ramos Saloh bilan juda ham shavqatsiz munosabatda bo‘ldi"

Юрген Клопп: "Рамос Салоҳ билан жуда ҳам шавқатсиз муносабатда бўлди"
«Liverpul» klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Muxammad Saloh bilan YeChL finalida bo‘lgan voqea haqida gapirib o‘tdi. Misrlik futbolchi «Real» himoyachisi Serxio Ramos bilan to‘qnashuvdan keyin o‘yinni davom ettira olmadim va maydonni erta tark etgan edi.

«Agar siz «Real» klubining muxlisi bo‘lmasangiz, buni shavqatsizlarcha qilingan harakat deya baxolaysiz.

O‘shanda juda ham qattiq jazo qo‘llanishi kerak edi. Agar o‘shanda VAR tizimi qo‘llanilganida, vaziyatni takroran ko‘rishga bo‘lar edi. Bu kabi holat yana takroran qaytariladi deb o‘ylamayman – birinchi tirsak bilan darvozabonni urish, so‘ngra kurash usuli bilan maydon markazida hujumchiga jarohat yetkazish va o‘yinda g‘alaba qozonish. O‘yinning kechishi shunday bo‘ldi.

Oxir oqibat Ramos ko‘p fikr bildirib o‘tdi va bu menga yoqmadi. Inson sifatida uning hatti-harakati uzoqlik qiladi. U bu vaziyatni oddiy hol kabi ta’rifladi. O‘ylaymanki, bu oddiy vaziyat emas», - deydi Klopp.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yurgen Klopp: "Ramos Saloh bilan juda ham shavqatsiz munosabatda bo‘ldi"