16:37 / 29.07.2018
3 864

Baxtiyor Ashurmatov: «Nasaf» ham yaxshi o‘yin ko‘rsatdi

Baxtiyor Ashurmatov: «Nasaf» ham yaxshi o‘yin ko‘rsatdi
“AGMK” klubi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov Superliga 19-turi doirasida “Nasaf”ga qarshi kechgan bahsdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Rostini aytsam, “Nasaf”ning yosh va tezkor futbolchilaridan biroz havotirim bor edi. Zero Ro‘ziqul Berdiyev yosh o‘yinchilardan juda kurashuvchan jamoa tuzishga erishyapti. Lekin shogirdlarim bugun o‘zlariga berilgan ko‘rsatmalarni ado eta olishdi va natijada juda qiyin o‘yinda g‘alabaga erishdik. “Nasaf” futbolchilari ham bugun juda yaxshi o‘yin namoyish etishdi.

Shu o‘rinda, bugun g‘alabaga erishgan shogirdlarimga ham minnatdorchilik bildiraman. Muxlislarimiz so‘nggi paytlarda g‘alabalarimizni sog‘inishgan edi. Nasib etsa, yigitlar shunday o‘ynashda davom etishsa, mavsum oxiriga qadar o‘z o‘rnimizni ancha yaxshilab olamiz", - dedi mutaxassis.

Manba: www.pfl.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Baxtiyor Ashurmatov: «Nasaf» ham yaxshi o‘yin ko‘rsatdi