23:03 / 29.07.2018
3 439

«Buxoro» safarda «Qizilqum»ni yengdi

«Buxoro» safarda «Qizilqum»ni yengdi
PEPSI Superliga 19-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" – "Buxoro" uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Murosasiz kechgan o‘yinda mehmonlarning qo‘li baland keldi.

Uchrashuvdagi yagona gol 77-daqiqada urildi. Arslonmurod Omonov raqib jarima maydoniga yorib kirdi va kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi. Bu gol buxoroliklarga g‘alabani taqdim etdi.

Shu tariqa, “Buxoro” ochkolarini 29taga yetkazdi va 5-pog‘onaga qaytdi. “Qizilqum” esa 20 ochko bilan quyi pog‘onalarda bormoqda.

PEPSI Superliga, 19-tur

“Qizilqum” – “Buxoro” 0:1 (0:0, 0:1)

Gol:
0:1 – 77 Omonov.

"Qizilqum": Erkin Jabborov, Erkin Boydullayev, Giorgi Kvesiyeshvili, Fayzulla Qambarov, Artur Gevorkyan, Samandar Shodmonov (Sherali Jo‘rayev, 79), Muhsin Ubaydullayev, Elguja Grigalashvili, Eldor Boymatov (Nemanya Yovanovich, 54), Ivan Nagayev, Salim Mustafoyev.

"Buxoro": Akmal Tursunboyev, Arslonmurod Omonov, Shavkat Salomov (Suhrob Ne’matov, 85), San’at Shixov, Shavkat Mullajonov, Rabbim Hasanov, Ergash Ismoilov, Rahmatullo Berdimurodov, Mirjalol Jumayev, Aziz Ibragimov (Vadim Chemirtan, 46), Vlad Larinov (Behruz Shodmonov, 73).

Ogohlantirishlar: Ismoilov 16.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Buxoro» safarda «Qizilqum»ni yengdi