06:45 / 30.07.2018
3 272

Hamidjon Aktamov: “Antifutbol namoyish etib g‘olib chiqishni, shaxsan men istamasdim”

Hamidjon Aktamov: “Antifutbol namoyish etib g‘olib chiqishni, shaxsan men istamasdim”
“Qizilqum”- “Buxoro” (0:1) uchrashuvida keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Hamidjon AKTAMOV o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Biz chiroyli o‘yin ko‘rsatib, g‘alabaga erishishni istagandik. Yigitlar qo‘llaridan kelganicha harakat qilishdi. O‘yin bo‘yicha ularga e’tirozim yo‘q. 90 daqiqa hujum qilib, bitta qarshi hujumdan gol o‘tkazib yubordik. Ikkita hujumchimiz ham so‘nggi nuqtani qo‘yishga oqsashdi. Judayam alamli mag‘lubiyat bo‘ldi. Balki o‘yinlar orasi yaqin bo‘lgani uchun tiklanish jarayoni qiyin kechgandir. Raqib esa oxirgi daqiqalarda antifutbol namoyish etdi. Bunaqa o‘yin bilan g‘olib chiqishni, shaxsan men istamasdim", - deydi Aktamov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hamidjon Aktamov: “Antifutbol namoyish etib g‘olib chiqishni, shaxsan men istamasdim”