17:18 / 01.08.2018
2 676

Yerri Mina: "Har kuni 50 yevrodan Messi va Suaresga yutqazar edim"

Йерри Мина: "Ҳар куни 50 евродан Месси ва Суаресга ютқазар эдим"
«Barselona» klubi himoyachisi Yerri Mina o‘tgan mavsum o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagani uchun o‘zini yomon his qilgani haqida gapirib o‘tdi.

«Men yomon narsalar haqida o‘yladim. O‘yladimki, hammasi tamom bo‘ldi. Shu darajada yomon ediki, Koutino va Paulino menga dalda berishdi. Ular menga hammasi yaxshi bo‘lishini aytib ko‘nglimni ko‘tarishga harakat qilishdi.

Albatta, tushunib turibman, mening chizig‘imda ajoyib futbolchilar yig‘ilishgan, ammo men bor yo‘g‘i bir daqiqagina o‘yin amaliyotini bo‘lsa ham o‘zimni ko‘rsatishga intilar edim. Buning ham iloji bo‘lmadi.

Maydonga tushgan bir necha daqiqalar yomon o‘yin bo‘ldi. Qo‘limdan hech narsa kelmas edi. Nimadir o‘xshamagandek tuyulardi menga. Men hatto mashg‘ulotlarda yaxshi pas bera olmas edim.

Jamoaga endigina kelganimda yaxshi munosabatni yo‘lga qo‘yish uchun Messi va Suares bilan garov o‘ynadik. Garovning sharti shundaki: mashg‘ulot paytida kim jarima to‘pini zo‘r tepsa, o‘sha g‘olib. Biroq men har kuni 50 yevrodan yutqazar edim.

Men ularning to‘pni istagan tomonga tepishini ko‘rib kular edim. Har ikkisi ham buyuk futbolchi va sehrgar.

Oldinda nima kutayotganini bilmadim, lekin men sokinman. Men 23 yoshdaman va hali uzoq muddat futbol o‘ynay olaman», - deydi Mina.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yerri Mina: "Har kuni 50 yevrodan Messi va Suaresga yutqazar edim"