19:57 / 01.08.2018
3 833

Zidan Angliyaning eng sovrindor klubiga bosh murabbiy bo‘lishi mumkin

Zidan Angliyaning eng sovrindor klubiga bosh murabbiy bo‘lishi mumkin
«Real» sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Ingliz matbuoti, xususan The Sun xabariga ko‘ra, fransiyalik mutaxassisning xizmatlariga «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko‘ra, mankunianliklar Joze Mourino iste’foga chiqarilgan taqdirda Zidan nomzodiga murojaat qilishni mo‘ljallab qo‘yishgan.

Avvalroq Zidanning «Yuventus» klubi ustozi bo‘lishi haqidagi xabarlar tarqalgan, Turin klubi bu ma’lumotni rad etib chiqqandi.

46 yoshli mutaxassis 2016-2018 yillarda «qaymoqranglilar» bilan uch marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Zidan Angliyaning eng sovrindor klubiga bosh murabbiy bo‘lishi mumkin