07:00 / 02.08.2018
3 666

Sergey Lushan: "Muhim o‘yinlar oldinda va biz ishlashda davom etamiz"

Сергей Лушан: "Муҳим ўйинлар олдинда ва биз ишлашда давом этамиз"
Superliga 20-turida “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Nasaf” jamoasini qabul qildi va 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
O‘yindan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Sergey Lushan va o‘yinning eng yaxshi futbolchi deb topilgan Sanjar Rashidov o‘z fikrlarini bildirishdi.

- Juda qiyin o‘yin o‘tkazdik. Bahs qiyin bo‘lishini bilar edik. Bir yarim kun davomida tiklanish juda qiyin. Rejalar amalga oshmadi. Uchrashuvdan so‘ng birinchi vazifa bu yo‘qotilgan kuchni tiklashdir. Bugun futbolchilar maydonda o‘zlarini ko‘rsata olishmadi. Qo‘qondagi safardan so‘ng biz juda kam vaqt mashg‘ulot o‘tkazdik va funksional tiklana olmadik. Halol mag‘lub bo‘ldik. Yaratilgan vaziyatlardan esa unumli foydalana olmadik. “Nasaf” birgina xatomizdan foydalandi va g‘alaba qozondi. Muhim o‘yinlar oldinda va biz ishlashda davom etamiz - deydi jamoa bosh murabbiyi.

Sanjar Rashidov: Qiyin o‘yin o‘tkazdik. Raqib yaxshi himoyalandi. Bizning esa xujumda ishlarimiz yurishmadi. Bu o‘yindan so‘ng kerakli xulosalarni chiqaramiz va bu xatolar ustida ishlaymiz - deydi jamoa sardori.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sergey Lushan: "Muhim o‘yinlar oldinda va biz ishlashda davom etamiz"