06:30 / 02.08.2018
3 092

Hamidjon Aktamov: "Darvozabonning xatolari qimmatga tushdi"

Ҳамиджон Актамов: "Дарвозабоннинг хатолари қимматга тушди"
Pepsi Superligasining 20-turidan o‘rin olgan AGMK – “Qizilqum” (3:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab navoiyliklar ustozi Hamidjon Aktamov jurnalistlarning savollariga javob qaytardi. Bu haqda "Qizilqum" matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Birinchi bo‘limning birinchi yarmida darvozabonimiz ikkita qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi va mezbonlar bundan ustalik bilan foydalanishdi. Yirik mag‘lubiyatga loyiq emasdik. Gol urish uchun vaziyatlar yaratdik. Lekin undan foydalana olmadik.

Ketma-ket ikkinchi uchrashuvda asosiy darvozabonimiz xizmatlaridan foydalana olmayapmiz. Bu yakunda bizga qimmatga tushayapti. “Darvozabon –yarim jamoa” deb bekorga aytilmagan. Yigitlar harakat qilishdi. Futbolchilarimizga e’tirozim yo‘q.

O‘yin boshidagi ikkita goldan keyin ruhan qiyin holatga tushib qoldik. Ikkinchi bo‘limda tashabbusni o‘z qo‘limizga olishga urindik, ammo golga kelganda bu ish amalga oshmadi", - deb aytib o‘tdi Aktamov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hamidjon Aktamov: "Darvozabonning xatolari qimmatga tushdi"