23:52 / 01.08.2018
3 289

Shota Arveladze: "Gonsalvesh? Futbolchilarimni qanday holatda ekanini men yaxshi bilaman"

Шота Арвеладзе: "Гонсалвеш? Футболчиларимни қандай ҳолатда эканини мен яхши биламан"
Superliga 20-turi doirasidagi "Paxtakor" - "Lokomotiv" uchrashuvidan so‘ng Shota Arveladze o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
O‘yin bosim ostida kechdi. Bugun eng kuchli jamoalar to‘qnash kelishdi. Umuman olganda juda yaxshi bahs bo‘ldi. Qarshi hujumlar ham ko‘p bo‘ldi. Muxlislar chiroyli futbol tomosha qilishdi", - dedi murabbiy.

"Paxtakor" a’zosi Tiago Bezerra ham o‘yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Bezerra: "O‘yin oxirida gol o‘tkazib yuborib g‘alabani qo‘ldan chiqrganimiz alamli bo‘ldi. Bahs ajoyib o‘tdi. Yuqori atmosfera, ajoyib havo. Uchrashuv barchaga yoqdi"

Arveladze: "Hakamlar? Bu borada izoh berib o‘tirmayman. Ular jahon yulduzlari ishtirokidagi o‘yinlarni boshqarishgan.

Uch oy davomida mag‘lubiyatsiz o‘yin ko‘rsata oldik. "Navbahor"da nima yetishmadi? Gol yetishmadi. Bugungi bahsda esa ikkinchi gol bizga kamlik qildi. Oltin ochkolar chempionatda barchasini o‘zgartirib yuboradi.

Gonsalvesh ko‘proq gol kiritishini istayman. JChda ham masalan Jiru gol kirita olmadi. U barcha o‘yinlarda maydonga tushdi va yakunda baribir jahon chempioni bo‘ldi. Bu odatiy hol. Futbolchi imkoniyat paydo bo‘lishi bilan undan foydalanishi lozim. Biz esa ularni golga aylantirishi uchun ishlaymiz. Biz ham ularni ko‘p gol urishini istaymiz.

Jamoamiz hujumchilaridan ko‘proq gol istayman. Muxlislar ham o‘z navbatida ulardan ko‘p gollar, g‘alabalar kutishadi.

Bir narsani aytaman: O‘ynamagan odam doimo maydondagidan yaxshi ko‘rinadi. Chunki, zaxirada o‘tirib xato qilmaydilar. Men kim yaxshi mehnat qilyapti, kim yaxshi holatda ekanligini juda yaxshi bilaman", - dedi Arveladze.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze: "Gonsalvesh? Futbolchilarimni qanday holatda ekanini men yaxshi bilaman"