00:15 / 02.08.2018
3 631

Andrey Fyodorov: "O‘yin nafaqat muxlislarga, balki murabbiylarga ham yoqdi"

Андрей Фёдоров: "Ўйин нафақат мухлисларга, балки мураббийларга ҳам ёқди"
Superliga 20-turi doirasidagi "Paxtakor" - "Lokomotiv" uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi.
Unda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi. Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida "temiryo‘lchilar" ustozi Andrey Fyodorov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"O‘yin qiziq o‘tdi. Murabbiylar uchun ham bahs qiziq bo‘ldi. Avvalgi o‘yinda ham xarakater ko‘rsata olgandik. O‘yindan oldin yutqazmasligimizga ishongandik. Hisob adolatdan bo‘ldi. Yigitlarga bugun namoyish etgan o‘yinlari uchun minnatdorchilik bildirib o‘tmoqchiman. Bugun har ikki jamoa ham futbol o‘ynashni istab maydonga tushdi. Uchrashuv nafaqat muxlislarga, balki murabbiylarga ham yoqdi deya olaman", - dedi murabbiy.

"Lokomotiv" safidan Sadriddin Abdullayev uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida qatnashdi.

"Bugun chiroyli o‘yin bo‘ldi. Chempionatning qiziq pallasi boshlanmoqda. Hali barchasi oldinda deb o‘ylayman. Endi medallar uchun kurash boshlanadi", - dedi Sadriddin.

Fyodorov: "Anzur Ismoilovning jarohati jiddiymi? Uning yelkasi chiqib ketgandi. Shifokorlar barchasi joyida ekanligini aytishdi.

Pogrebnyak nima uchun o‘ynamayapti? U jamoaga ko‘nikish jarayonini boshdan o‘tkazmoqda. U havoga, "chilla"ga moslashib olishi lozim. Umid qilamizki, u ko‘nikib ketganidan so‘ng maydonga tusha oladi".

Sadriddin Abdullayev: "Paxtakor" mening yuragimda. Chunki, bu yerda tarbiyalanganman. Ushbu jamoaga hurmatim baland. Ammo, bu futbol. Natija uchun o‘ynaymiz. Oltita jamoaning barchasida chempionlik uchun imkoniyat bo‘ladi.

"Navbahor"da qiyinmi? Hozir nimadir aytadigan bo‘lsam bahona bo‘lib qoladi. Yaxshisi boramiz va ularni mag‘lubiyatga uchratamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andrey Fyodorov: "O‘yin nafaqat muxlislarga, balki murabbiylarga ham yoqdi"