21:30 / 02.08.2018
3 682

Ektor Kuper O‘zbekistonga uch nafar yordamchi murabbiylari bilan keladi

Ektor Kuper O‘zbekistonga uch nafar yordamchi murabbiylari bilan keladi
6 avgust kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi sifatida Ektor Kuperrasman tanishtirilishi haqida xabar bergandik.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 10 dan ziyod nomzodlar orasidan argentinalik Ektor Kuper 6 avgust kuni yurtimizga 3 nafar yordamchisi bilan tashrif buyuradi.

Xabaringiz bor, O‘zbekiston terma jamoasini 2019 yilda yirik xalqaro musobaqa kutib turibdi. Ektor Kuperga keyingi yilning yanvar oyida o‘tkaziladigan Osiyo kubogiga terma jamoamizni olib borish bilan birga, 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon kubogining saralash bahslarida muvaffaqiyat qozonish vazifasi qo‘yilgan.

Unga bu yo‘lda yordam beradigan 56 yoshli argentinalik Xose Karlos Fantagutssi va 37 yoshli gretsiyalik Antonio Sarioglu bosh murabbiy assistentlari bo‘lishsa, 36 yoshli misrlik Mahmud Fayoz Muhammad Shudaf jismoniy tayorgarlik bo‘yicha murabbiy yordamchisi hisoblanadi.

Ektor Kuper faqatgina milliy terma jamoa bilan cheklanib qolmasdan, barcha yoshdagi terma jamoalar bilan parallel ish olib borishi, ulardagi milliy terma jamoaga nomzod futbolchilarning jismoniy va ruhiy holatlaridan muntazam xabardor bo‘lishi uchun yuqorida nomlari qayd etilgan yordamchilar ko‘maklashishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ektor Kuper O‘zbekistonga uch nafar yordamchi murabbiylari bilan keladi