07:53 / 03.08.2018
3 305

Bahrom Haydarov: "Endi ishlarimiz yaxshilanib ketsa, ajab emas..."

Баҳром Ҳайдаров: "Энди ишларимиз яхшиланиб кетса, ажаб эмас..."
O‘zbekiston Superligasi 20-turidan o‘rin olgan "Neftchi" - "Navbahor" (2:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Bahrom Haydarov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Jamoalar musobaqa jadvalining nechanchi o‘rnida borishidan qat’iy nazar, "Neftchi" hamda "Navbahor"ning o‘zaro o‘yini hamisha ko‘pchilikning diqqat markazida o‘tib kelgan. Jamoalar hamisha ishqibozlarga shiddatli to‘qnashuvlar taqdim etib kelishgan. Bugungi o‘yinni biroz bosim ostida boshladik. O‘yin startida "Navbahor" tashabbusni qo‘lga olishga urindi. Lekin yigitlar bosimni yenggib o‘ta olishdi va bugun birinchi g‘alabamizga erishdik. Bu oldinga qo‘yilgan qadam. Endi muxlislar kutayotganidek sekin-asta ishlarimiz yaxshilanib ketsa ajab emas. Bundan keyin faqat g‘alabalarga erishishga harakat qilamiz, - dedi mutaxassis.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bahrom Haydarov: "Endi ishlarimiz yaxshilanib ketsa, ajab emas..."