09:20 / 03.08.2018
3 556

"Metallurg" ustozi: Bugun safardagi eng yaxshi o‘yinimizni o‘tkazdik

"Металлург" устози: Бугун сафардаги энг яхши ўйинимизни ўтказдик
O‘zbekiston Superligasi 20-turidan o‘rin olgan "Buxoro" - "Metallurg" (2:1) o‘yinida so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida bekobodliklar ustozi Andrey Shipilov uchrashuv borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Yaxshi o‘yin bo‘ldi. "Buxoro" jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun biz ham yomon o‘ynamadik. Joriy yilgi mavsum hisobidan safardagi eng yaxshi o‘yinlarimizdan birini o‘tkazdik, desam xato bo‘lmaydi.

"Buxoro" jamoasi 2 ta ajoyib gol kiritdi. Raqibni g‘alaba bilan tabriklayman. Shogirdlarimga e’tiroz yo‘q. Ular o‘zlariga yuklatilgan ko‘rsatmalarni bajara olishdi", - dedi mutaxassis.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Metallurg" ustozi: Bugun safardagi eng yaxshi o‘yinimizni o‘tkazdik