23:03 / 04.08.2018
3 088

Buffonning debyut o‘yinida «PSJ» qatorasiga 6-marta Fransiya Superkubogini qo‘lga kiritdi

Buffonning debyut o‘yinida «PSJ» qatorasiga 6-marta Fransiya Superkubogini qo‘lga kiritdi
Xitoyning Shenjen shahridagi markaziy stadionda bo‘lib o‘tgan Fransiya Superkubogi bahsida favorit «PSJ» «Monako»ni yirik hisobda mag‘lub etdi.

Uchrashuvning 33-daqiqasida Anxel Di Mariya jarimadan yo‘llagan super zarbasi bilan hisobni ochdi. Oradan ko‘p o‘tmay, Kristofer Nkunku chap qanotdan uzatilgan to‘pni darvozaboga burib yuborib, parijliklarning tanaffusga ikkita to‘p farqi bilan yo‘l olishini ta’minladi.

Ikkinchi bo‘lim ham asosan «PSJ» nazorati ostida o‘tdi. 67-daqiqada yana chap qanotdan uyushtirilgan hujum Jorj Veaning goli bilan yakun topdi. O‘yinga qo‘shib berilgan ikkinchi daqiqada Di Mariya ofsayd bordek ko‘ringan vaziyatda ikkinchi golini urib, yakuniy hisobni o‘rnatdi – 4:0.

Shu tariqa, «PSJ» yangi bosh murabbiyi Tomas Tuxelning qo‘l ostidagi ilk rasmiy o‘yinida o‘z tarixida sakkizinchi marta, 2013-yildan buyon esa ketma-ket oltinchi marta Fransiya superkubogini qo‘lga kiritdi.

Fransiya Superkubogi - 2018

PSJ – Monako 4:0 (2:0, 2:0)
«Shenzhen City Stadium». 41237 tomoshabin

Gollar:
1:0 – 33 Di Mariya, 2:0 – 40 Nkunku, 3:0 – 67 Vea, 4:0 – 90 Di Mariya.

PSJ – Buffon, Dagba, Riman, Tiago Silva (Berned, 74), Nsoki, Verratti (Neymar, 76), Rabo, Nkunku, Diarra (Markinos, 64), Di Mariya, Vea.
Monako – Benalo, Radji, Serrano, Glik, Jemerson, Tilemans, Pele (Diop, 46), Axolu, Roni Lopesh (Jordi Mboula, 65), Gransir (Keyta Balde, 46), Yovetich.
Ogohlantirish: Axolu (5).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Buffonning debyut o‘yinida «PSJ» qatorasiga 6-marta Fransiya Superkubogini qo‘lga kiritdi