19:00 / 06.08.2018
3 580

Umid Ahmadjonov Ektor Kuper bilan uchrashdi

Umid Ahmadjonov Ektor Kuper bilan uchrashdi
Bugun tonggi soat 6:10da Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston MTJni boshqarib boradigan argentinalik mutaxassis Ektor Kuperni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tgandi.

Bugun Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse Prezidenti Umid Ahmadjonov milliy terma jamoamizning yangi murabbiyini qabul qildi. Uchrashuv davomida Umid Ahmadjonov murabbiy bilan suhbatlashar ekan, futbolimizda olib borilayotgan islohotlar bilan o‘rtoqlashib, o‘zbek xalqining azaliy orzusi bo‘lgan jahon chempionitiga chiqish eng dolzarb vazifa ekanligini aytib o‘tdi.

«Bizning xalqimiz juda ham futbolsevar. Siz milliy terma jamoamizni boshqarib borishingiz e’lon qilinganidan keyin, yurtimizdagi futbol muxlislari bu xabarni katta quvonch bilan kutib olishdi. Asosiy maqsadimiz oldimizda turgan katta musobaqalarda ijobiy natijalarga erishish, Tokio-2020 hamda Jahon chempionati - 2022 yo‘llanmasini qo‘lga kiritish.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi buning uchun Sizga barcha sharoitlarni yaratib beradi. Murabbiylar ishiga hech kim aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Barchamiz bir tanu bir jon bo‘lib oldimizga qo‘yilgan maqsadlarga erishamiz degan umiddaman», - dedi Umid Ahmadjonov.

O‘z o‘rnida Ektor Kuper ham bu yo‘lda bor kuch-g‘ayratini ayamasligini bildirib o‘tar ekan, aeroportdagi kutib olish marosimidan hayratda ekanini yashirib o‘tirmadi.

Uchrashuv so‘ngida Umid Ahmadjonov Ektor Kuperga uning nomi tushirilgan O‘zbekiston milliy terma jamoasining ramziy libosi hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Manba: www.ufa.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Umid Ahmadjonov Ektor Kuper bilan uchrashdi