20:10 / 07.08.2018
4 839

Alisher Usmonov "Arsenal"dagi ulushini sotgach nimalar dedi?

Алишер Усмонов "Арсенал"даги улушини сотгач нималар деди?
Avval xabar berganimizdek rossiyalik milliarder Alisher Usmonov bugun o‘zining “Arsenal”dagi 30% aksiyasini 550 mln funt evaziga AQShlik sport magnati Sten Kronkega sotdi.

Asli o‘zbekistonlik bo‘lgan biznesmen “kanonirlar” rahbariyatidan ketgach o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Men kelajakda dunyoning eng zo‘r jamoasiga aylanishi mumkin bo‘lgan “Arsenal” klubidagi aksiyalarimni sotishga qaror qildim. Shu o‘rinda ushbu faoliyatini ushbu ajoyib jamoa bilan bog‘lagan barchaga ulkan zafarlar tilab qolaman”, - deydi Usmonov.

Eslatib o‘tamiz, Alisher Usmonov 2007 yil “Arsenal”ning ilk 14,5% aksiyasini sotib olgan va keyinchalik ushbu aksiyalarni 30%ga yetkazgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Alisher Usmonov "Arsenal"dagi ulushini sotgach nimalar dedi?