12:22 / 08.08.2018
3 397

Asensio va Beyl «Real»ga «Roma» ustidan g‘alaba keltirdi

Asensio va Beyl «Real»ga «Roma» ustidan g‘alaba keltirdi
Foto: «Real Madrid»
Hozirgina Xalqaro chempionlar kubogi doirasida yana bir uchrashuv nihoyasiga yetdi.

Unda Madridning «Real» jamoasi Rimning «Roma»siga qarshi kurash olib bordi. O‘yinda hisob 2-daqiqadayoq ochildi. Garet Beylning zargarona pasidan keyin Marko Asensio «bo‘rilar» darvozaboni Robin Olsenni ojiz qoldirdi. 15-daqiqada esa Dani Karvaxalning uzatmasini Beylning o‘zi golga aylantirdi. «Roma» esa 83-daqiqada Kevin Strotmanning goli sabab hisobni qisqartirishga erishdi.

Shu tariqa «Real» «Yuventus»dan keyin «Roma»ni ham mag‘lub etishga erishdi.

Xalqaro chempionlar kubogi

8 avgust, chorshanba

«Real Madrid» — «Roma» 2:1
Gollar:
1:0 – 2 Asensio, 2:0 – 15 Beyl, 2:1 – 83 Strotman.

«Real Madrid»: Navas, Ramos (Xaver Sanches, 46), Regilon (Leon, 71), Karvaxal (Serxio Lopes, 71), Nacho (de Tomas, 82), Isko (Valverde, 56), Kroos (Lorente, 46), Asensio (Vinisius, 57), Sebalos (Edegor, 71), Beyl (Vaskes, 56), Benzema (Mayoral, 57).

«Roma»: Olsen (Mirante, 46), Markano (Jezus, 63), Fasio (Manolas, 46), Kolarov (Santon, 71), Florensi (Karsdorp, 63), Pastore (Strotman, 63), de Rossi (Gonalon, 46), Al-Shaaravi (Shik, 46), Kristante (Pellegrini, 46), Perotti (Klyuyvert, 46), Jeko (Chorich, 72).

Ogohlantirish: Sebalos (50)

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Asensio va Beyl «Real»ga «Roma» ustidan g‘alaba keltirdi