07:31 / 09.08.2018
3 618

9 avgust kuni O‘zbekiston OTJ bosh murabbiyi bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi

9 avgust kuni O‘zbekiston OTJ bosh murabbiyi bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi
Xabaringiz bor, Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ertaga Osiyo o‘yinlarida ishtirok etish uchun Indoneziyaga jo‘nab ketadi.

Safar oldidan terma jamoa bosh murabbiyi Ravshan Haydarov bilan ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun matbuot anjumani tashkil qilinadi. Anjuman soat 11:00da poytaxtimizdagi “Miran” mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo o‘yinlarida “B” guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, guruhimizdan Tayland, Bangladesh va Qatar terma jamoalari o‘rin olishgan.

Futbol bo‘yicha musobaqalar 14 avgust kunidan boshlanadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » 9 avgust kuni O‘zbekiston OTJ bosh murabbiyi bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi