YECHL 2017/18 mavsumning eng yaxshi futbolchisiga nomzodlar ro‘yxati

  • Sport
  • 10-08-2018, 00:07
  • 705
  • ЕЧЛ 2017/18 мавсумнинг энг яхши футболчисига номзодлар рўйхати
    YeChL 201/18 mavsumning o‘z chiziqlari bo‘yicha eng yaxshi futbolchi sovriniga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi. Ularni quyida tanishib chiqishingiz mumkin bo‘ladi.

    Darvozabonlar: Alisson («Roma», hozirda «Liverpul»), Janluiji Buffon («Yuventus», hozirda «Pari Sen-Jermen»), Keylor Navas («Real»).

    Himoyachilar: Marselo («Real»), Serxio Ramos («Real»), Rafael Varan («Real»).

    Yarim himoyachilar: Kevin de Bryuyne («Manchester Siti»), Toni Kroos («Real»), Luka Modrich («Real»).

    Hujumchilar: Lionel Messi («Barselona»), Krishtianu Ronaldu («Real», hozirda «Yuventus»), Muhammad Saloh («Liverpul»).

    Bu sovrinlar haqida

    Ushbu sovrinlar o‘tgan yildan boshlab, har bir chiziqning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladi. Shu jumladan eng yaxshi o‘yinchi va eng yaxshi ayol futbolchi sovrini 30 avgust kuni Monako shahrida YeChL guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimida topshiriladi.

    Nomzodlarni tanlash

    Hay’at kengashiga YeChL 2017/18 guruh bosqichida ishtirok etgan 32 ta klub ishtirok etgan murabbiylar va UYeFA qo‘mitasiga a’zo davlatlardan 55 ta sport jurnalistlar ishtirok etadi. Jurnalistlarni Yevropa sport nashrlari assotsiatsiyasi tanlab olgan. Murabbiylar o‘zining jamoasidagi futbolchiga ovoz bera olmaydi.

    O‘tgan mavsum g‘oliblari

    Darvozabon:
    Janluiji Buffon («Yuventus»)
    Himoyachi: Serxio Ramos («Real»)
    Yarim himoyachi: Luka Modrich («Real»)
    Hujumchi: Ronaldu («Real»).

    Manba: www.uff.uz

    » » YECHL 2017/18 mavsumning eng yaxshi futbolchisiga nomzodlar ro‘yxati
    Яндекс.Метрика