06:00 / 10.08.2018
3 436

Yevropa Ligasining eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlar ro‘yxati

Европа Лигасининг энг яхши футболчиси бўлишга номзодлар рўйхати
«Atletiko» klubi himoyachisi Diyego Godin, uning klubdoshi Antuan Grizmann va «Marsel» klubi yarim himoyachisi Dimitri Payet Yevropa Ligasining 2017/18 mavsum yakunlariga ko‘ra eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzod deb topilgan. Bu haqida UYeFA rasmiy sayti xabar berdi.

32 yoshli Godin 8 ta o‘yinda ishtirok etib jamoasining 4 ta o‘yinda darvoza dahlsizligini saqlashga ko‘mak berdi. 27 yoshli Grizmann esa 8 ta o‘yinda 6 marotaba gol kiritdi (ulardan ikkitasi – finalda urilgan gollar) va 4 ta golli uzatmalarni amalga oshirdi. 31 yoshli Payet esa jami 12 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol va 7 ta golli uzatmaga muallif bo‘ldi.

G‘olib nomi 31 avgust kuni e’lon qilinadi. O‘tgan yili ushbu sovrinni «Manchester Yunayted» klubi yarim himoyachisi Pol Pogba qo‘lga kiritgan edi.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevropa Ligasining eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlar ro‘yxati