09:00 / 11.08.2018
3 357

O‘zbekiston OTJ Osiyo o‘yinlarida ishtirok etish uchun Jakartaga yetib bordi

O‘zbekiston OTJ Osiyo o‘yinlarida ishtirok etish uchun Jakartaga yetib bordi
Sakkiz kundan so‘ng Indoneziyada XVIII Osiyo o‘yinlari start oladi. Musobaqa davomida millionlar o‘yini sanalgan futbolga qiziqish yuqori bo‘lishi shubhasiz. Bugun Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan futbolchilarimiz Indoneziya poytaxti Jakarta shahriga yetib borishdi. Ularni mamlakat poytaxtidagi «Soekarno Hatta» aeroportida Indoneziyaga 2 kun avval yetib borgan O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining ishchi guruhi a’zolari kutib olishdi.

Indoneziyaga yetib borgan futbolchilarimizning kayfiyati juda yaxshi. Terma jamoamiz yarim himoyachisi Doston Hamdamov Osiyo o‘yinlari oldidan yigitlarda ishtiyoq kuchli ekanligini aytib o‘tdi.

«Musobaqaga tayyorgarlik yaxshi o‘tdi. Yig‘inlardan ko‘nglimiz to‘ldi. Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatidan so‘ng ushbu musobaqaga jiddiy kirishganmiz. Nasib qilsa, Xitoydagi muvaffaqiyatni yana bir marotaba takrorlaymiz.

Klubdan ruxsat olishda muammo bo‘ldimi? To‘g‘ri, musobaqa FIFA kunlariga to‘g‘ri kelmaganligi sababli bu borada biroz muammo bo‘ldi. Ammo, baribir yakunda ular ham o‘z yurtim jamoasiga yordam berishimga ruhsat berishdi, meni tushunishdi. “Anji” klubidagilar ham Osiyoda chempionlikka erishganimizni bilishadi. Shaxsan o‘zimda ham ushbu musobaqada qatnashish ishtiyoqi kuchli edi. Bu har bir sportchining orzusi. Xudo xohlasa harakat qilib vatanimizga yana bir bora chempionlikni taqdim etamiz. Bizda kuchli istak bor. Faqat oldinga boramiz, ortga yo‘l yo‘q», – dedi Doston Hamdamov.

Hujumchi Zabihillo O‘rinboyev esa Xitoydagi chempionlik tasodif emasligini isbotlash lozimligi haqida gapirdi.

«Uzoq parvozdan so‘ng biroz charchagan bo‘lsakda kayfiyatimiz juda yaxshi. Biroz dam olgandan so‘ng mashg‘ulotlarni boshlab yuboramiz. Osiyo o‘yinlari oldidan tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini Toshkentda o‘tkazdik. Bir hafta davomida o‘yinlarni tahlil qildik, videotakrorlarni ko‘rib chiqdik, raqiblarni o‘rgandik. Biz Osiyo chempionligini qo‘lga kiritganmiz. Endi uni tasodif emasligini isbotlashni istaymiz», – dedi Zabihillo O‘rinboyev.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo o‘yinlarida “B” guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, guruh bosqichida futbolchilarimizga Tailand, Bangladesh va Qatar terma jamoalari raqiblik qiladilar. Jamoamiz musobaqadagi ilk o‘yinini 14 avgust kuni Bangladesh terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 14:00da «Pakansari» stadionida boshlanadi. Terma jamoamiz a’zolari aeroportdan to‘g‘ri Bogor shahriga yo‘l olishdi va “Aston Bogor Hotel” mehmonxonasiga joylashishdi.

Terma jamoamiz Osiyo o‘yinlarida quyidagi tarkibda ishtirok etadi:

Darvozabonlar:
Botirali Ergashev “Navbahor”
Rahim Davronov “Mash’al”

Himoyachilar:
Dostonbek Tursunov «Neftchi»
Islom Qobilov “Bunyodkor”
Abbos Otaxonov “Metallurg”
Hojiakbar Alijonov “Paxtakor”
Rustam Ashurmatov “Bunyodkor”
Akrom Komilov “Bunyodkor”

Yarim himoyachilar:
Odil Hamrobekov “Nasaf”
Javohir Sidiqov “Qo‘qon-1912”
Jasur Yaxshiboyev “Paxtakor”
Doniyor Narzullayev “Nasaf”
Jaloliddin Masharipov “Paxtakor”
Aziz Turg‘unboyev “Navbahor”
Xurshid G‘iyosov “Bunyodkor”
Ikrom Aliboyev “Lokomotiv”
Doston Hamdamov “Anji”, Rossiya

Hujumchilar:
Zabihullo O‘rinboyev “Metallurg”
Bobir Abduxoliqov “Nasaf”
Andrey Sidorov “Neftchi”


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston OTJ Osiyo o‘yinlarida ishtirok etish uchun Jakartaga yetib bordi