08:26 / 11.08.2018
3 423

«Manchester Yunayted» APL yangi mavsumini g‘alaba bilan boshladi

«Manchester Yunayted» APL yangi mavsumini g‘alaba bilan boshladi
Angliya chempionatining 1-turidan o‘rin olgan «Manchester Yunayted» – «Lester» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. «Old Trafford»da bo‘lib o‘tgan bahs mankunianliklarning g‘alabasi bilan tugadi.

Uchrashuvning 3-daqiqasidayoq Pol Pogba penaltini aniq amalga oshirib jamoasini oldinga olib chiqdi: bu vaziyatda Daniel Amarti o‘z jarima maydonchasi ichida qo‘l bilan o‘ynagandi.

83-daqiqada Lyuk Shou mezbonlarning ikkinchi golini urgan bo‘lsa, hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Jeymi Vardi hisobni qisqartirishga erishdi.

Shu tariqa, Joze Mourinyu shogirdlari yangi mavsumni g‘alaba bilan boshlashdi.

Angliya chempionati, 1-tur

Manchester Yunayted – Lester 2:1 (1:0, 1:1)

Gollar:
1:0 – 3, penalti Pogba, 2:0 – 83 Shou, 2:1 – 90+2 Vardi.

Manchester Yunayted – De Xea, Bayi, Shou, Darmian, Lindelef, Pogba (Fellayni, 84), Pereyra, Mata, Fred (Maktomini, 76), Sanches, Reshford (Lukaku, 67).

Lester – Shmeyxel, Maguayr, Morgan, Chiluell, Rikardu Pereyra, Ndidi, Amarti (Gezzal, 63), Meddison (Vardi, 63), Adriyen Silva (Iborra, 80), Grey, Ixeanacho.

Ogohlantirishlar: Amarti (51), Fred (54), Pereyra (69).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Manchester Yunayted» APL yangi mavsumini g‘alaba bilan boshladi