12:30 / 11.08.2018
4 050

Pele talqini: Bu mavsum Angliyada kim chempion bo‘ladi?

Pele talqini: Bu mavsum Angliyada kim chempion bo‘ladi?
Braziliyalik futbol afsonasi Pele «Tvitter»dagi sahifasida Angliya premer-ligasining bu yilgi mavsumidan nimalar kutayotganini ma’lum qildi.

«Bugun Angliya premer-ligasi start oladi. Nima deb o‘ylaysiz, kim chempion bo‘ladi? Menimcha, «Liverpul» — Roberto Firmino va Alison Bekker bilan birga», — deb yozgan Pele.

APLning 2017/18 mavsumida «Manchester Siti» chempion bo‘lgandi. Xosep Gvardiola jamoasi rekord ko‘rsatkich — 100 ochko to‘plagandi. O‘sha mavsumda «Liverpul» 75 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda qolgandi.

«Qizillar» oxirgi marotaba 1990 yili Angliya chempioni bo‘lishgan.

Birinchi divizion/Premer-ligadagi chempionlik g‘alabalari soni bo‘yicha «Manchester Yunayted» peshqadam (20 g‘alaba), ikkinchi o‘rinda — «Liverpul» (18 g‘alaba).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Pele talqini: Bu mavsum Angliyada kim chempion bo‘ladi?