Kurtua: "Bolalikdagi orzuim ushaldi"

  • Sport
  • 11-08-2018, 19:08
  • 496
  • Куртуа: "Болаликдаги орзуим ушалди"
    «Chelsi» klubidan «Real» safiga o‘tgan Tibo Kurtua madridliklar jamoasidagi kelajagi va maqsadlari haqida gapirib o‘tdi.

    «Bugun mening bolalikdagi orzuim ushaldi. Har doim mana shu stadionda qaymoqranglilar safida maydonga tushishni orzu qilardim. Bu dunyodagi eng kuchli klub.

    Bu yozda menga juda ko‘p takliflar kelib tushdi. Ularning ba’zilari moliyaviy tomondan ancha foydali edi, biroq «Real»dan qiziqish borligini bilganimdan so‘ng, menda hech qanday shubha qolmadi. Men yoshligimda Iker Kasilyas tufayli «Real»ning o‘yinlaridan rohat olardim», — deydi Kurtua.

    Manba: www.uff.uz

    » » Kurtua: "Bolalikdagi orzuim ushaldi"
    Яндекс.Метрика