10:15 / 12.08.2018
2 381

Haqiqiy “tavsif”: afsonaviy Aleks Fergyuson jamoasini qanday boshqargan?

Haqiqiy “tavsif”: afsonaviy Aleks Fergyuson jamoasini qanday boshqargan?
30 yil avval Lobanovski bo‘lgandan, hozirda Cherchesov bo‘lish qiyinroq. Chunki hozirgi kunda o‘zing haqingda ko‘p narsalarni o‘qishing mumkin va bu juda og‘ir.

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi biznes-menedjment darajasini olmagan, ammo usta menedjer edi.

Garvard biznes maktabi professori Boris Groysberg Moskvaga 45 yoshgacha katta maqomga erishgan yirik kompaniyalar prezidentlarini birlashtirgan “YPO” xalqaro tashkiloti a’zolariga leksiya o‘qish uchun kelgan edi.

“Pogonya za zvezdami. Mif o talante i portativnosti rezultatov” bestselleri muallifi va boshqaruv bo‘yicha mutaxassis bo‘lgan Groysberg menedjerlar bilan “yulduz” xodimlar, yaxshi menedjment qoidalari va Aleks Fergyuson “Manchester Yunayted”ni qanday boshqargani haqida gapirib berdi. Forbs o‘sha leksiyadan bir parchasini o‘quvchilarga ilindi.

Har kim yaxshi menedjer bo‘la oladi. Agar u bunga tayyor bo‘lsa va istagi bo‘lsa. Bunga o‘qib-o‘rganib erishsa bo‘ladi.

Ba’zan yulduz-erkaklarni ishga olish – yomon g‘oya. Ayollar esa boshqa kompaniyalarda ham ishlab keta oladi. Buning uchun bir necha sabablar bor, albatta. Ko‘p hollarda bizni tanishlarimiz va munosabatlarimiz muvaffaqiyatli qiladi. Ayollar tez-tez kompaniyadan tashqarida munosabatlarini o‘rnatadilar. Erkaklar esa ichkaridan turib. Shuning uchun ayollar boshqa kompaniyaga ishga o‘tayotganida o‘z doirasini yo‘qotmaydi. Ikkinchidan, ayollar o‘z yo‘lida ko‘p to‘siqlardan oshib o‘tishadi, shu tufayli ular erkaklarga nisbatan yaxshiroq “yashab ketishadi”. Uchinchidan, ko‘pchilik ayollar boshqa ishga o‘tishayotganida ko‘plab faktorlarga: madaniyat, menedjment, imkoniyatlarga qarashadi. Erkaklar esa odatda pul haqida o‘ylashadi. Shuning uchun yulduz-ayollarning erkaklarga nisbatan kompaniyaga mos kelishi ehtimoli yuqori.

Fergyuson har doim o‘z shogirdlariga tavsif berardi. Agarda u salbiy bo‘lsa, yuzma-yuz uchrashib aytishga harakat qilardi. Agarda ijobiy bo‘lsa, hammaning oldida maqtardi. Bu boshqa yaxshi yetakchilarning muomalasiga o‘xshaydi.

O‘zini yomon tutayotgan yulduzlarni nima qilish kerak? Barchasi vaziyatga bog‘liq. Menga ko‘ra, hamma ikkinchi imkoniyatga haqli. Ko‘plab yulduzlar o‘zini bunday tutishlariga sabab Fergyuson kabi ularning fe’l-atvoriga haqiqiy tavsif beradiganlar zarur. Ammo agarda yulduz etiket qoidalarini buzsa, uni hech qanday uzrsiz bo‘shatib yuborish kerak.

Tez-tez barcha hodimlar yomon menedjment tufayli o‘zini yomon tutadi

Ko‘pincha quyidagi holat uchraydi: sen kimningdir yulduzini o‘z kompaniyangga olib kelasan, u esa hech kimga aylanadi. Chunki kompaniya madaniyati, odamlar, brend yulduzni yaratadi. Sening kompaniyangda u kamroq porlaydi.

Menedjer sifatida seni yaxshi ko‘rishi yoki qo‘rqishi kerak emas. Seni hurmat qilishi kerak. Bu ko‘p narsalarga bog‘liq. Ammo eng muhimi sen hammaga birday munosabatda bo‘lishing kerak.

30 yil avval Lobanovski bo‘lgandan, hozirda Cherchesov bo‘lish qiyinroq. Chunki hozirgi kunda o‘zing haqingda ko‘p narsalarni o‘qishing mumkin va bu juda og‘ir. Internetga kirish imkoniyati bor har qanday odam istaganini yozishi mumkin. Menedjer bo‘lish uchun qalin teriga ega bo‘lishing kerak.

Fergyuson futbolchilari yana ikki-uch yil o‘ynay oladimi yoki ularning davri o‘tdimi, balki boshqa kompaniyaga sotish kerakligini bilish uchun kuzatishni yaxshi ko‘rardi. Hodimlaring bilan ham shunday qilishing kerak.

Usta menedjerlar nafaqat jamoani ruxlantiradi. Ular alohida futbolchini qanday ruxlantirishni ham bilishadi.

Ba’zan salbiy jihat ajoyib motivatsiya bo‘lishi mumkin. “Ular bizni hech vaqo deb hisoblashmoqda. Kelinglar buning aksini isbotlaymiz.” AQShda ba’zi murabbiylar o‘yindan oldin raqiblari haqida bitilgan gazetalar, intervyularni o‘qishadi. Agarda u yerda ularga qarata aytilgan gaplar bo‘lsa, o‘sha qismini katta harflarda bosib chiqarishadi va devorga motivatsiya sifatida ilib qo‘yishadi.
Erkinjon G‘aybullayev

Manba: Sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Haqiqiy “tavsif”: afsonaviy Aleks Fergyuson jamoasini qanday boshqargan?