Ronaldu: «Yuventus» – buyuk klub. Bolaligimdan «Yuve»da o‘ynashni orzu qilganman»

  • 14 avgust 2018, 06:30
  • 1 579
  • Sport
  • Ronaldu: «Yuventus» – buyuk klub. Bolaligimdan «Yuve»da o‘ynashni orzu qilganman»
    «Yuventus» forvardi Krishtianu Ronaldu unga yangi klubida hamma narsa yoqayotgani haqida aytib berdi.

    «O‘zimni yaxshi his qilyapman. Hammasi ajoyib. Odamlar, muxlislar, murabbiylar shtabi menga yaxshi munosabatda bo‘lmoqda. Baxtliman.

    «Yuventus» – buyuk klub. Bolaligimdan bu jamoani kuzatganman va bir kun kelib «Yuve»da o‘ynashni orzu qilganman. Endi jahonning eng yaxshi klublaridan biridaman.

    «Yuventus» bilan ko‘p marta o‘ynaganman va italiyalik muxlislar meni yoqtirishini his qilganman.

    Bu jahonning eng yirik klublaridan biri va shu sabali qaror qabul qilish qiyin bo‘lmadi. «Yuventus» – ajoyib jamoa.

    «Yuventus»ga qarshi Chempionlar ligasi 1/4 final uchrashuvida gol urdim va muxlislar meni olqishlaganini guvohi bo‘ldim. Bu ajoyib tuyg‘u edi. Avvaliga hayratlandim.

    «Yuventus»ni kuzatib borganman, ammo endi bu klub menga ko‘proq yoqib qoldi. Agar muxlislar seni yaxshi ko‘rsa, o‘zingni boshqacha his qilasan.

    Qo‘llab-quvvatlash uchun hammaga rahmat. Vazifam – eng yaxshi o‘ynimni ko‘rsatib, jamoani kuchaytirish. Bu mening ishim va «Yuventus»da o‘tkazgan vaqtimdan rohatlanishga harakat qilaman.

    Birinchi gol haqida o‘ylamayapman. Shunchaki yaxshi formada bo‘lib, jamoaga gol urishga yordam bermoqchiman.

    A Seriyani bilaman, chunki o‘yinlarni televizor orqali tomosha qilganman. Tez ko‘nikib ketaman deb o‘ylayman. Mavsumni iloji boricha yaxshiroq boshlamoqchiman. Birgalikda ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritamiz» – deydi Ronaldu.

    Manba: championat.asia

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Ronaldu: «Yuventus» – buyuk klub. Bolaligimdan «Yuve»da o‘ynashni orzu qilganman»