Superliganing 21-turida «Bunyodkor» klubi Qarshida «Nasaf» mehmoni bo‘lishdi. Uchrashuvda «Nasaf» bitta penaltidan aniq foydalana olmadi va o‘yinni boy berib qo‘ydi.
Birinchi golni mehmonlar vakili Shahzod Nurmatov 28-daqiqada kiritdi. Ikkinchi bo‘lim 58-daqiqada Sharof Muhitdinov «Bunyodkor» darvozasi tomon belgilangan penaltini aniq amalga oshira olmadi. Bu yerda Sanjar Sultonov to‘pni qaytarishga erishdi. 65-daqiqada Dilshod Jo‘raboyev boshi bilan zarba yo‘llab hisobni 0:2 ko‘rinishiga olib keldi. Amalga oshirilmagan penalti qarshiliklarga salbiy ta’sir qildi va Nurmatov 81-daqiqada dubl qayd etib qo‘ydi. Oradan 4 daqiqa o‘tib esa Javlon Ibrohimov yirik hisobni ta’minladi. Yagona javob to‘pi hakam tomonidan qo‘shilgan daqiqalarda Davlatov kiritdi.
Superliga 21-tur
«Nasaf» - «Bunyodkor» 1:4 (0:1, 1:3).
Gollar: Shahzodbek Nurmatov 28, - 0:1. Dilshod Jo‘rayev 65, - 0:2. Shahzodbek Nurmatov 81, - 0:3. Javlon Ibrohimov 85, - 0:4. Boburbek Davlatov 90+2, - 1:4.
“Nasaf” - 35.Sanjar Quvvatov, 4.Maqsud Karimov (s), 5.G‘olib G‘aybullayev (18.Bobir Davlatov, 46), 9.Amirjon Safarov, 14.Sharof Muhitdinov, 15.Dilshod Saitov, 20.Islom Kenjaboyev (52.Sherzod Temirov, 72), 27.Islom Rashidxonov, 31.Saydullo Rahmatov, 38.Akmal Mozgovoy, 92.Umarbek Eshmurodov.
“Bunyodkor” - 32.Suhrob Sultonov, 5.Dilshod Jo‘rayev, 6.Anvar G‘ofurov, 7.Dilshod Ahmadaliyev, 8.Javlon Ibrohimov (s), 9.Shahzod Nurmatov, 11.Murod Toshmatov (13.Sanjar Qodirqulov, 52), 18.Sardor Sobirxo‘jayev, 20.Mirg‘iyos Sulaymonov, 44.Mirjamol Qosimov (15.Farruh Ikromov, 60), 77.Aziz Haydarov (10.Abdulla Abdullayev, 67).
Ogohlantirishlar: Mirjamol Qosimov 53, Maqsud Karimov 61
Chetlatish: Maqsud Karimov 64
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»