21:20 / 14.08.2018
4 193

Denis Ivankov O‘zbekiston terma jamoasida ishlaydi

Denis Ivankov O‘zbekiston terma jamoasida ishlaydi
Denis Ivankovni hurmat qilmaydigan futbolchi, murabbiy yoki futbolga aloqador insonni topish mushkul. Muxlislar ichida ham Ivankov alohida hurmatga loyiq mutaxassis va inson.

"Mash’al" va "Nasaf"dagi faoliyati davomida ko‘plab iqtidorlarni (Eldorbek Suyunov, Sanjar Quvvatov, O‘tkir Yusupov, Alibek Turopov, Umid Ergashev) yetishtirib bergan Ivankov Kuper boshchiligidagi terma jamoamiz murabbiylar shtabidan o‘rin oldi.

Denis Ivankov ma’lum muddat OTJ murabbiylar shtabida ham faoliyat ko‘rsatgan mutaxassis sanaladi.

Tan olish kerak, Denis Ivankov ayni paytda Superligada ishlayotgan darvozabonlar murabbiylari orasida MTJga ishlashga eng loyiq nomzod. Uning o‘zgacha mashg‘ulot dasturlari va ishga bo‘lgan yondoshuvi alohida e’tirofga loyiq.

Denis Ivankovni O‘zbekistonda ishlagan va ishlayotgan darvozabonlar murabbiylari (Anvar Rashidovdan tashqari) orasida eng kuchlisi deb bilaman.

O‘zbekistonda eng ko‘p darvozabonlar yetishtirib bergan mutaxassis Anvar Rashidov bo‘lsa, hozirgi kunda Denis Ivankov bu "poyga"da ancha ildam harakat qilmoqda.

P.S. O‘FA va Kuper darvozabonlar murabbiyini tanlashda adashmadi.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Denis Ivankov O‘zbekiston terma jamoasida ishlaydi