17:53 / 14.08.2018
3 472

Ravshan Haydarov: "Bangladeshliklar ikkinchi bo‘limda biroz charchab qolishdi"

Равшан Ҳайдаров: "Бангладешликлар иккинчи бўлимда бироз чарчаб қолишди"
Bugun Osiyo o‘yinlaridan o‘rin olgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Bangladesh olimpiya terma jamoalarining guruh bosqichidagi ilk o‘yini yakunlandi.

Undu terma jamoamiz Zabihillo O‘rinboyev, Dostonbek Hamdamov va Ikrom Aliboyevning 3 goli evaziga 3:0 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuvdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida birinchi bo‘lib Ravshan Haydarov jurnalistlar savollariga javob qaytardi. Unga yarim himoyachi Ikrom Aliboyev hamrohlik qildi.

Ravshan Haydarov: - Avvalo muxlislarimizni musobaqa startidagi yirik g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yin to‘liq nazoratimiz ostida o‘tdi. To‘p bilan ko‘proq muomilada bo‘ldik. Hisob ham shunga yarasha bo‘ldi. Birinchi o‘yindagi g‘alaba nihoyatda muhim edi. Buni uddalay olganimizdan xursandman.

Bangladesh terma jamoasi ayniqsa birinchi bo‘limda juda iliq taassurot qoldirdi. Bir necha xavfli qarshi hujumlar tashkil etishdi. Ammo tan olish lozim bangladeshliklar ikkinchi bo‘limda biroz charchab qolishdi. Biz o‘yinga rejalashtirgan strategiyani to‘liq bajardik deb ayta olaman.

Qatar va Tailand termalariga qarshi navbatdagi o‘yinlarga ham reja asosida tayyorgarlik ko‘ramiz. Musobaqa taqvimi ancha zich tuzilgan. Biz ham shundan kelib chiqib tayyorgarlik rejasini ishlab chiqqanmiz. Navbatdagi bahslarda ham g‘alaba qozonib, muxlislarimizni xursand qilish niyatidamiz.

Ikrom Aliboyev: - Har doim birinchi o‘yin qiyin bo‘ladi. Hozir hamma futbol o‘ynashni o‘rganib olgan. Buni bugungi o‘yin ham ko‘rsatib berdi. O‘yin avvalida biroz qiynaldik, ammo keyinchalik nazorat to‘liq biz tomonga o‘tdi. O‘zbekistonlik futbol muxlislarini ushbu g‘alaba bilan tabriklab qolaman.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ravshan Haydarov: "Bangladeshliklar ikkinchi bo‘limda biroz charchab qolishdi"