06:00 / 16.08.2018
3 915

Zidan «Manchester Yunayted» klubini boshqarishi mumkin

Zidan «Manchester Yunayted» klubini boshqarishi mumkin
«Real» klubining sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan «Manchester Yunayted» jamoasini boshqarishi mumkin.

Bu haqida Fransiyaning L’Equipe nashri xabar bermoqda. Zidan murabbiylik faoliyatini Angliyada davom ettirishga qiziqmoqda. Hozircha «Manchester Yunayted» klubi uning uchun eng maqbul variant bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, fransiyalik mutaxassis «Real» klubidan o‘z ixtiyori bilan 31 may kuni ketishga qaror qildi.

Uning qo‘l ostida «qirollik klubi» 3 marotaba ketma-ket Chempionlar ligasida zafar quchdi, ikki marotaba klublar o‘rtasidagi jahon chempioni, bir marotabadan La Liga, UYeFA Superkubogi va Ispaniya Superkubogida g‘olib bo‘ldi.

«Manchester Yunayted» klubi Joze Mourino qo‘l ostida o‘tgan mavsum sovrinlarsiz qoldi. APL ni esa ikkinchi o‘rinda yakunladi.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Zidan «Manchester Yunayted» klubini boshqarishi mumkin