12:53 / 17.08.2018
4 250

O‘zbekiston MTJ Toshkentda yana bir o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

O‘zbekiston MTJ Toshkentda yana bir o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi
Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoa uchun o‘rtoqlik uchrashuvlari tashkil qilish borasida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

2019 yil yanvar oyida BAAda bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogi boshlanishiga ham oz vaqt qoldi. Shu sababdan kuz oylaridagi FIFA kunlaridan unumli foydalanish maqsadida, bir qator terma jamoalar bilan Toshkentda uchrashuv o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Jumladan, 6 sentyabr kuni Suriya terma jamoasi poytaxtimizga tashrif buyursa, 11 sentyabr kuni o‘zbekistonlik futbol muxlislari milliy terma jamoamizning Eronga qarshi uchrashuvini bevosita stadiondan tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Eron futbol federatsiyasi Toshkentda o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish bo‘yicha O‘FA taklifiga ijobiy javob qaytardi.

Shuningdek, oktyabr oyidagi FIFA kunlaridan ham samarali foydalanish rejalashtirilgan. Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston MTJ 13 oktyabr kuni Shimoliy Koreya, 16 oktyabr kuni esa Qatar terma jamoalariga qarshi Toshkentda maydonga tushadi.

Bundan tashqari, O‘FA Xalqaro aloqalar bo‘limi tomonidan noyabr oyidagi FIFA kunlarida o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazish uchun yana bir qator terma jamoalar bilan muzokaralar olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston MTJ Toshkentda yana bir o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi