20:55 / 17.08.2018
5 044

Milliarder Alisher Usmonov “Paxtakor” uchun investitsiya kiritmoqda

Milliarder Alisher Usmonov “Paxtakor” uchun investitsiya kiritmoqda
Foto: “Vesti.Ru”
Rossiyalik o‘zbek milliarderi Alisher Usmonov o‘tgan hafta “Arsenal” futbol jamoasidagi barcha ulushlarini sotib yuborgan edi.

“Xabar.uz” manbasining xabar berishicha, Usmonov Toshkentning “Paxtakor” klubini rivojlanitirish hamda klub stadionini qaytadan qurish uchun 100 mln. dollardan ortiq beg‘araz investitsiya kiritmoqda.

Alisher Usmanov beg‘araz mablag‘larini iqtisodiyotimizning turli sohalariga kiritib kelgan. Xususan, Olmaliq tog‘ metallurgiya kombinati, Toshkent metall zavodi, Bekobod zavodlariga o‘z sarmoyalarini kiritib, chet eldan mutaxassislar jalb qilgan. Toshkent shahridagi Islom madaniyati markazi hamda Samarqanddagi Imom al-Buxoriy xalqaro markazlari qurilishiga katta miqdorda sarmoya kiritgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Milliarder Alisher Usmonov “Paxtakor” uchun investitsiya kiritmoqda