23:46 / 17.08.2018
3 040

Allegri “Yuventus” darvozasini kim qo‘riqlashi va Ronaldu qachon debyut qilishi haqida gapirdi

Аллегри "Ювентус" дарвозасини ким қўриқлаши ва Роналду қачон дебют қилиши ҳақида гапирди
“Yuventus” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri A Seriyaning birinchi turi doirasidagi “Kyevo”ga qarshi o‘yindan oldingi matbuot anjumanida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- “Yangi mavsum doim avvalgisidan qiyin kechishi haqida har yili gapiraman. ”Yuventus“ jahonning eng kuchli futbolchisi - Ronalduni oldi, Bonuchchi jamoaga qaytarildi. Ular bilan bir qatorda Jan, Kanselu va Spinassola jamoaga olib kelindi. ”Yuventus“ boshqa jamoalar singari yaxshi xaridlarni amalga oshirdi. Endi esa transferlar eyforiyasi bilan yashamasdan, osmondan yerga tushish payti keldi”.

- “Krishtianu Ronaldu uchun ertangi bahs yangi chaqiruv, yangi tajriba bo‘ladi. Ronaldu yuqori ishtiyoqda bo‘lajak uchrashuvni kutmoqda”.

- “Kyevo”ga qarshi uchrashuv oson kechmaydi. Bu jamoa o‘z uyida, muxlislari qarshisida mavsumdagi ilk bahsda o‘zini ko‘rsatishga, yaxshi natija qayd etishga harakat qilishi aniq. “Kyevo”ni Italiya chempionati va YECHL favoritiga qarshi o‘ynayotgani ko‘p ham qiziqtirmaydi. Shu boisdan ham raqibni hurmat qilmoq lozim. Ertangi uchrashuvdagi eng muhim narsa - g‘alaba. Mavsumdagi ilk o‘yin juda muhim".

- “Shaxsan o‘zim uchun ham ”Yuventus“ni maydonda ko‘rish, nimalarga qodir ekanligimizni tekshirib olish qiziq tuyulmoqda”.

- “Kyevo” bilan o‘yinni asosiy tarkibda boshlaydigan besh nafar futbolchini nomi ma’lum - Ronaldu, Shensni, Kanselu, Aleks Sandro va Pyanich. Qolgan futbolchilarni esa o‘yin oldi mashg‘ulotdan so‘ng aniqlaymiz. Matyuidi endigina to‘liq mashg‘ulotlarda qatnashishni boshladi. Qolgan futbolchilarning jismoniy holati yaxshi. Ertaga kimlardir 50 daqiqa, qolganlar esa 1,5 soat vaqt mobaynida o‘ynashadi".

- “Ronaldu faoliyati davomida 5 marotaba ”Oltin to‘p“ sohibiga aylangan. Krish doimo maksimal vazifalarni bajarishni yoqtiradigan futbolchi. Men 15 kunlik mashg‘ulotlar chog‘ida unda qandaydir g‘ayri-tabiiy jihatni ko‘rmadim, ammo shuni aytishim kerakki, Ronalduni boshqalardan ajralib turadigan sifatlarga ega futbolchi. Messi bilan bo‘lgan 11 yillik kuchli raqobat unga qo‘shimcha motivatsiya taqdim etgan”.

- “Ronalduni jamoamizda borligi bizga g‘alabani kafolatlamaydi. Qachonki butun jamoa to‘g‘ri o‘ynasa va birdek mehnat qilsagina Ronalduning nafi tegadi. Yaxshi jamoa uchun barcha futbolchilar yuqori sifatli futbol ko‘rsatishlari muhim. Muvaffaqiyat kaliti shunda”.

- “Markizio? Shaxsan o‘zim Markizioga rahmat aytmoqchiman. U bilan bo‘lgan 4 yillik faoliyatim davomida Markizio yuqori insoniylik sifatlarga egaligi, yuksak professional va ajoyib futbolchi ekanligini tushundim. ”Yuventus“ga kelgan har bir futbolchi uchun Markizio haqiqiy o‘rnak. Markizio Turin klubi bilan 25 yilni birga o‘tkazdi. Uning jamoadan ketish qarorini birgalikda qabul qildik. Endilikda Markizio uchun boshqa jamoaga o‘tish yangi tajriba bo‘ladi”, - dedi Allegri.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Allegri “Yuventus” darvozasini kim qo‘riqlashi va Ronaldu qachon debyut qilishi haqida gapirdi