06:00 / 18.08.2018
3 480

No‘mon Hasanov: “Darvozabonning xatosi yetmaganidek, penaltidan ham gol ura olmadik”

Нўъмон Ҳасанов: "Дарвозабоннинг хатоси етмаганидек, пенальтидан ҳам гол ура олмадик"
Pepsi Superligasi 22-turida “Neftchi” - “Qo‘qon-1912” (1:0) uchrashuvidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida qo‘qonliklar ustozi No‘mon Hasanov uchrashuv borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"O‘yin haqiqiy derbiga xos “jang” bo‘ldi. Bugun xatolarimiz evaziga mag‘lubiyatga uchradik. Darvozabonimizning xatosi yetmaganidek, penaltidan ham foydalana olmadik. Qizil kartochka ham rejamizni buzib yubordi. “Derbi”da bir kishi kam bo‘lib harakat qilish mushkul ish.

Bugun bizni stadionda qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga katta rahmat aytaman. “Neftchi”ni g‘alaba bilan tabriklayman. Bugungi uch ochko oltinga teng bo‘ladi.

Olmaliqdagi o‘yin natijasi bilan umuman qiziqqanim yo‘q. Faqat o‘zimizning o‘yinimiz haqida o‘yladim", - dedi Hasanov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » No‘mon Hasanov: “Darvozabonning xatosi yetmaganidek, penaltidan ham gol ura olmadik”