10:28 / 18.08.2018
3 443

Baxtiyor Ashurmatov: “Futbolchi almashtirishda xato qildim”

Бахтиёр Ашурматов: "Футболчи алмаштиришда хато қилдим"
Pepsi Superligasi 22-turidan o‘rin olgan AGMK - “Metallurg” (2:3) uchrashuvidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida olmaliqliklar ustozi Baxtiyor Ashurmatov o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirdi.

“Bugungi uchrashuv prinsipial ahamiyatga ega edi. Afsuski, o‘ylagan rejalarimiz bugun ish bermadi. Balkim o‘yinchilar almashtirishda xato qildim nazarimda. Qolaversa, hujumchilarimiz to‘pni o‘zlarida saqlab turishda ham biroz sust harakat qilishdi. Qayd etilgan natijadagi aybni o‘z zimmamga olaman”, - deb Ashurmatovning so‘zlarini keltirib o‘tdi PFL matbuot xizmati.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Baxtiyor Ashurmatov: “Futbolchi almashtirishda xato qildim”