10:14 / 18.08.2018
3 367

Andrey Shipilov: “AGMKga qarshi o‘yinga bir hafta tayyorlandik”

Андрей Шипилов: "АГМКга қарши ўйинга бир ҳафта тайёрландик"
Pepsi Superligasi 22-turidan o‘rin olgan AGMK - “Metallurg” (2:3) uchrashuvidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida bekobodliklar ustozi Andrey Shipilov o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirdi.

"Bugungi o‘yin oldidan musobaqa jadvalidagi o‘rnimiz bizni faqat g‘alaba qozonishga undardi. Shu sababdan butun hafta davomida ham taktik, ham ruhiy jihatdan bugungi bahsga puxta hozirlik olib borishga urindik. Raqibning ham kuchini yaxshi bilardik.

Asosan o‘yin tizginini qo‘lga olishga urindik. Qarshi hujumlarda raqibni yaxshi jazolay oldik. Keskin kurashlarga boy o‘yin guvohiga aylandik. Yakunda o‘yinni o‘z foydamizga hal etib, xaqli ravishda kuchli oltilikdan joy oldik", - deb Shipilovning so‘zlarin keltirib o‘tdi PFL matbuot xizmati.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andrey Shipilov: “AGMKga qarshi o‘yinga bir hafta tayyorlandik”