15:58 / 18.08.2018
3 899

Jeyms Gallaxer: “Makgregor Habibga ko‘rsatib qo‘yadi”

Jeyms Gallaxer: “Makgregor Habibga ko‘rsatib qo‘yadi”
Jangchi Konor Makgregorning jamoadoshi Jeyms Gallaxer irlandiyalikning rossiyalik Habib Nurmagomedovga qarshi bahsi arafasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Konorning ichida olov yonmoqda. Uzoq vaqt mobaynida shohsupada bo‘lsang, motivatsiyani qayta tiklash uchun biroz dam olish talab etiladi. Mening fikrimcha, Makgregor bu yerda kim xo‘jayin ekanini Habibga ko‘rsatib qo‘yadi va uni o‘z o‘rniga qo‘yadi”, - deya sportchining so‘zlarini keltiradi MMAFighting.

Nurmagomedov - Makgregor jangi 6 oktyabr kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq UFC sobiq chempioni Nurmagomedov-Makgregor jangi haqida gapirgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jeyms Gallaxer: “Makgregor Habibga ko‘rsatib qo‘yadi”