22:15 / 18.08.2018
3 285

Superliga. “Paxtakor” - “Nasaf” 4:0, “Qizilqum” - “Navbahor” 2:0

Суперлига. "Пахтакор" - "Насаф" 4:0, "Қизилқум" - "Навбаҳор" 2:0
Bugun Superligada 22-turdan o‘rin olgan so‘nggi ikki uchrashuv bo‘lib o‘tdi. “Paxtakor” — “Nasaf” uchrashuvining 36-daqiqasida Abdurahimovning pasidan so‘ng Igor Sergeyev to‘pni boshi bilan darvozaga aniq yo‘lladi - 1:0. Uchrashuvning 59-daqiqasida burchakdan uzatilgan to‘pni Ismoil Gonsalvesh darvozaga yo‘lladi - 2:0.

73-daqiqada Ismoil Gonsalvesh hisobni yiriklashtirdi - 3:0. Uchrashuvning oxirgi daqiqasida “Nasaf” futbolchisi to‘pni qo‘li bilan o‘ynagani sababli penalti belgilandi, Gonsalvesh 11 metrli jarima to‘pidan gol urib, xet-trikka erishdi - 4:0.

18 avgust, shanba

“Paxtakor” — “Nasaf” 4:0


Gollar: Igor Sergeyev 36, - 1:0 (Bahrom Abdurahimov). Ismoil Gonsalvesh 59, - 2:0. Ismoil Gonsalvesh 73, - 3:0. Ismoil Gonsalvesh 90 penalti, - 4:0.

“Paxtakor”: Eldorbek Suyunov, Farrux Sayfiyev, Yegor Krimes, Sherzod A’zamov (Marko Simich, 70), Akmal Shorahmedov, Jahongir Ahmadov, Dilshod Rahmatullayev (Azim Ahmedov, 43), Ismoil Gonsalvesh, Dragan Cheran, Bahrom Abdurahimov, Igor Sergeyev (Shohruh Mahmudhojiyev, 78)
Zaxira: Aleksandr Lobanov, Jamshid Iskanderov, Kamoliddin Tojiyev, Doston Ibrohimov, Vladimir Kozak, Tiago Bezerra

“Nasaf”: Umid Ergashev, G‘olib G‘aybullayev, Amirjon Safarov, Sharof Muhiddinov, Dilshod Saidov, Boburbek Davlatov (Sherzod Temirov, 65), Islom Rashidxonov, Xurshidbek Muxtorov, Saydullo Rahmatov (Sherzod Nasrullayev, 81), Akmal Mozgovoy, Umar Eshmurodov
Zaxira: Sanjar Quvvatov, Mashhurjon Muhammadjonov, Sardor Sa’dullayev, Ilhom Alijonov, Xudoyorxon Sagdullayev.

“Qizilqum” — “Navbahor” uchrashuvining 44-daqiqasida Elguja Grigalashviliga nisbatan qo‘pollik ishlatildi va bosh hakam 11 metrlik jarima to‘pi belgiladi. Artur Gevorkyan penaltidan gol urdi - 1:0.

Grigalashvili-Nagayev kombinatsiyasidan keyin Ivanning kuchli zarbasini raqib posboni qaytarishga ojizlik qildi. To‘p yaqin burchakka borib tushdi - 2:0.

“Qizilqum” — “Navbahor” 2:0

Gollar:
Artur Gevorkyan 44 penalti, - 1:0. Ivan Nagayev 59, - 2:0.

“Qizilqum”: Yevgeniy Cheremisin, Erkin Boydullayev, Alisher Sanoyev (Humoyun Abdualimov, 77), Fayzulla Qambarov, Artur Gevorkyan (Doniyor Usmonov, 67), Muhsin Ubaydullayev, Sherali Jo‘rayev, Elguja Grigalashvili, Eldor Boymatov, Nemanya Yovanovich (Ivan Nagayev, 46), Salim Mustafoyev
Zaxira: Erkin Jabborov, Giorgi Kvesiyeshvili, Akmal Rustamov, Samandar Shodmonov, Mirjalol Qosimov, Bekzod G‘anijonov

“Navbahor”: Akbar To‘rayev, Sherzod Karimov, Ayubxon No‘monov, Dilshod Jabborov, Ilhom Boydedayev (Sarvar Soliyev, 82), Mirzohid G‘ofurov, A’zam Aliyev, Darko Nikach (Azamat Allaniyozov, 57), Tomislav Payovich, Darko Stanoyevich, Muzaffar Abdullayev (Sardor Sulaymonov, 46)
Zaxira: Dilshod Hamroyev, Ro‘zimboy Ahmedov, Ravshan Do‘smatov.

Manba: championat.asia




Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. “Paxtakor” - “Nasaf” 4:0, “Qizilqum” - “Navbahor” 2:0