08:30 / 19.08.2018
3 437

“Yuventus” Ronalduning debyut o‘yinida juda qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi

“Yuventus” Ronalduning debyut o‘yinida juda qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi
A Seriyada 2018/19 mavsumi start oldi. Dastlabki o‘yinda “Kyevo” va “Yuventus” klublari bellashdi.

O‘yinning 3-daqiqasidayoq Xedira gol urib, “Yuventus”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq, “Kyevo” sarosimaga tushmadi va keyinchalik 2ta gol urib, tarozini o‘z tomoniga og‘dirdi. O‘yin tugashiga 15 daqiqa qolganida Bani o‘z darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni tenglashtirdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Bernardeski goli “Yuventus”ga g‘alaba keltirdi.

Italiya chempionati, 1-tur

18 avgust, “Mark Antonio Bentegodi” stadioni

Kyevo – Yuventus 2:3 (1:1, 1:2)

Gollar:
0:1 – 3 Xedira, 1:1 – 38 Stempinski, 2:1 – 56, penalti Jakkerini, 2:2 – 75, avtogol Bani, 2:3 – 90+3 Bernardeski.

Kyevo – Sorrentino (Shemper, 90), Rossettini, Tomovich, Kachchatore, Bani, Rigoni, Depaoli, Xetemay (Obi, 78), Radovanovich, Jakkerini, Stempinski (Jorjevich, 66).

Yuventus – Shchensni, Bonuchchi, Aleks Sandro, Joau Kanselu, Kyellini, Kuadrado (Bernardeski, 56), Pyanich, Xedira (Jan, 84), Duglas Kosta (Manjukich, 64), Dibala, Ronaldu.
Ogohlantirish: Radovanovich (60).

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Yuventus” Ronalduning debyut o‘yinida juda qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi